Norin tayyorlash

Toshkentda mashhur bo’lgan norin taomini tayyorlaymiz.

 

YouTube Video:

1-bosqich”

Qo’y go’shti – 2 kg;

Zira, tuz, un, tuxum

Go’shtga tuz va zira sepib 5-6 kun sovutgichda saqlash kerak. Ikkinchi kuni go’shtdan sizib chiqqan suyuqligini to’kib tashlasak, go’sht quruq saqlanadi.

So’ngra go’shtni qozonga joylab qaynatamiz. Qaynagandan so’ng suv yuzasidagi ko’piklarni olib tashlaymiz. Go’sht taxminan 1-1.5 soat qaynaydi.

 

2-bosqich:

Tovada o’simlik yog’ida butun piyozni qizartirib, piyozni olib tashlaymiz. Yog’ni xamirga qo’shish uchun.

 

3-bosqich:

Un – 1 kg,

Tuxum – 2 dona;

Suv – 350 ml;

Tuz – 1 qoshiq

Idishdagi suvga tuxum va tuzni solib aralashtiramiz. Suv issiqroq bo’lishi kerak. Unga ozroqdan qo’shib borib xamir tayyorlanadi. Xamirni yuqa qilib yoyib, taxminan 20/20 sm o’lchamda kesib oling.
4-bosqich:

Xamirni go’sht qaynatilgan suvda qaynatib oling. Qozonga 4-5 dona xamir soling. Xamir suv yuzasiga qaynab chiqqanidan so’ng darhol xamirni suvdan ko’tarib oling. Har bir xamirni laganga joylashtirib so’ng stolga yoyib chiqing. So’ng har bir xamirga yog’ surtib chiqing. Xamirni ingichka qilib qirqib oling. Go’shni ham juda ingichka somon shaklida kesib oling. Kesilgan xamir ustiga kesilgan g’o’sht, ozroq qora much, zira qo’shib yahshilab aralashtiriladi.

 

Norin tayyor, yoqimli ishtaha!

 

 

Manba: Youtube/NigoraY

Rasm manbasi: arbuz.uz

Maqola manzur bo'lgan bo'lsa, Do'stlaringizga ham ulashing

Izoh qoldirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan